Sport | 20:28 / 23.05.2017
13862
1 daqiqa o‘qiladi

«Barselona»ning bo‘lajak murabbiyi yangi tarkibni shakllantirishni boshladi

Bilbaoning «Atletik» klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde «Barselona»dagi faoliyatini boshlab yubordi, deya xabar bermoqda Sport.es.

Manba bergan xabarga ko‘ra, 29 may kuni Kataloniyaliklar ustozi sifatida tanishtirilishi kutilayotgan basklar jamoasi bosh murabbiyi klub rahbariyati bilan kelgusi mavsumdagi tarkib borasida gaplashib olishga ulgurgan. Valverde shu haftada amaldagi jamoasini tark etgani xabar qilinishi kutilmoqda.

«Barselona» bosh murabbiyi Luis Enrike Ispaniya Kubogi finalida «Alaves»ga qarshi uchrashuvdan so‘ng jamoani tark etadi. Final 27 may kuni bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid