Fan-texnika | 15:14 / 23.05.2017
15440
2 daqiqa o‘qiladi

Eng tez otuvchi relsotron qurolini sinovdan o‘tkazish boshlandi

Yaqinda General Atomics kompaniyasi birinchi radioboshqaruvli snaryadlarni relsotron zambarakdan otish bo‘yicha sinov o‘tkazdi. Ma'lum bo‘lishicha, AQSh harbiy-dengiz flotining ilmiy-tadqiqot boshqarmasi BAE Systems kompaniyasi bilan birgalikda yuqori tezlikda o‘q otishga mo‘ljallangan relsotron qurolini sinovdan o‘tkazmoqda. Ularning reylganidan o‘q uzish quvvati 32 megajoulga teng.

Sinovlar bir vaqtning o‘zida ikki poligon: Nyu-Meksikodagi White Sands hamda Virjiniyadagi Dahlgren’da o‘tkazilmoqda. Birinchi poligondagi relsotron uzoq masofa radiusiga snaryadlarni otishda sinaldi. Bir snaryadning og‘irligi 16 kilogrammga teng, 32 megajoul o‘q uzish quvvatining ta'siri hisobga olinsa, parvoz masofasi soniyasiga 2 ming metrni tashkil qiladi. Virjiniyadagi poligon bugungi kundagi eng yuqori tezlikdagi o‘q uzish bilan ajralib turadi. Relsotron daqiqasiga 10 marta o‘q uzishi mumkin. Ta'kidlab o‘tish joizki, ayni damda mavjud bo‘lgan relsotron quroli tajriba namunalari kuniga faqatgina bir necha bor o‘q uzishi mumkin va juda ham ko‘p quvvatni talab qiladi.

Daqiqasiga 10 bora o‘q uzish doimiy ravishda 20 megavattni talab qiladi. Bunday energetika hajmi faqatgina atom aviatashuvchilari va suv osti kemalarida bor. Shuning uchun AQSh harbiy-dengiz floti ekspertlari ayni damda quvvatni samarali yig‘ish tizimi ustida ish olib bormoqda. 

Mavzuga oid