Giyohvand moddani olib o‘tayotgan kabutar tutildi
Kuvayt bojxonachilari Iroqdan uchib kelgan kabutarni ushlashdi, u narkotik moddalarni yetkazib berishda foydalanilgan, deb xabar bermoqda "Ar-Ray" gazetasi.
Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, kabutar Iroq bilan chegarada joylashgan "Al-Abdali" nazorat-o‘tkazish punktidagi bojxona xodimlari e'tiborini tortdi. Bojxonachilar qushni tutib olishdi va uning orqa tarafida maxsus xaltachani aniqlashdi, uning ichida esa noma'lum narkotik moddaning 178 ta tabletkasi bo‘lgan.
Gazetaning ta'kidlashicha, bu ehtimol, qushdan bunday maqsadda foydalanishning ilk holatidir. Nashr shuningdek, tutib olingan kabutar fotosuratlarini ham e'lon qildi.
Olib qo‘yilgan narkotiklar tegishli idoralarga topshirildi, deb ta'kidlaydi gazeta.
Mavzuga oid
11:30 / 23.10.2024
Kuvayt Farg‘onada shifoxona qurishi mumkin
09:40 / 23.10.2024
O‘zbekistondan Kuvaytga quruq mevalar eksporti hajmi oshiriladi
18:40 / 06.10.2024
Toshkentda ikki hafta mobaynida qariyb 30 kg giyohvand vositalar va psixotrop moddalar ushlandi
16:51 / 02.10.2024