«Liverpul» rekordini yangilamoqchi. Klubning yozgi transfer rejalari aniq
Angliyaning «Liverpul» klubi yozgi transfer oynasi vaqtida yangi futbolchilarni xarid qilish uchun rekord miqdorda mablag‘ sarflashni mo‘ljallab turibdi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar tarqatdi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, klubga egalik qiluvchi Fenway Sports Group yozgi transferlar uchun 100 million funt sterlingdan ko‘proq mablag‘ ajratadi.
«Liverpul»ning yangi xaridlaridan biri bo‘lishi kutilayotgan «Sauthempton» himoyachisi Virgil van Deykning transferi 50 mln. funtga baholanmoqda. Agar bu transfer amalga oshadigan bo‘lsa, «Liverpul» o‘zining transfer rekordini (35 mln. funt) yangilagan bo‘ladi.
Bundan tashqari mersisaydliklar short-ro‘yxatidan Muhammad Saloh («Roma»), Aleks Oksleyd-Chemberlen («Arsenal»), Nabi Keyta («RB Leyptsig») va Kristian Pulishichlar («Borussiya» Dortmund) o‘rin olgan.
Mavzuga oid
12:21 / 16.03.2023
«Liverpul» yana bir sharmandalikdan qutulib qoldi, ammo keyingi bosqichga «Real» o‘tdi. YeChLda kun o‘yinlari
19:42 / 07.11.2022
«Liverpul» klubi sotuvga qo‘yildi
14:35 / 23.08.2022
«Qarorgohimizda jodugar bor». «Liverpul» inqirozining 3 ta sababi
23:13 / 30.07.2022