O‘zbekiston | 21:27 / 23.05.2017
193484
1 daqiqa o‘qiladi

Markaziy bank raisi Fayzulla Mullajonov vafot etdi

Ko‘p yillardan buyon O‘zbekiston Markaziy banki raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Mullajonov Fayzulla Maqsudjonovich bugun, 23 may kunining ikkinchi yarmida 67 yoshida olamdan o‘tdi. Bu ma'lumotni Kun.uz saytining bir necha manbalari, xususan Markaziy bankdagi manba tasdiqladi.

Manbalarning bildirishicha, marhum oxirgi yillarda betob edi, uning o‘limi shu xastalik tufayli ro‘y berdi.

Mullajonov Fayzulla Maqsudjonovich 1950 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgandi. 1971 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan Mullajonov 1991 yildan buyon Markaziy bank raisi sifatida ishlab kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida O‘zbekiston hukumatida eng ko‘p vaqt bo‘lgan yana bir davlat arbobi Bo‘ritosh Mustafoyev 68 yoshida xastalik tufayli olamdan ko‘z yumgandi.

Mavzuga oid