Yangi Zelandiya navbatdagi kosmik markaz bo‘lishi mumkin (video)
Aerokosmik transport ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Rocket Lab startapi yoz mavsumiga qadar Janubiy yarimshardan dunyodagi ilk Electron raketasiga ishga tushirmoqchi. Katta umid bog‘lanayotgan kosmodrom Yangi Zelandiyaning shimoliy qismidagi Maxay yarimorolida joylashgan. Newatlas shu mavzudagi maqolasi bilan bo‘lishdi.
3D-bosma yordamida kompozit materiallardan tayyorlangan 20 × 1 m o‘lchamli ikki bosqichli raketa yengil vazni va tejamkorligi bilan ajralib turadi. Ishlab chiqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, u transatlantik reyslarda ishlovchi standart Boeing 737'ga nisbatan ancha kam yoqilg‘i sarflaydi.
Electron 150 kilogrammgacha bo‘lgan sun'iy yo‘ldoshlarni orbitaga olib chiqishga qodir. Kompaniya rejalariga ko‘ra, u bir yilda 120 marta ishga tushiriladi - bu AQShga nisbatan deyarli besh karra ko‘p. Raketaning har bir ishga tushirilishi minimal qiymatga ega bo‘ladi - taxminan 5 million dollar atrofida.
Yangi Zelandiyada ishlashning murakkab jihatlari kuchli shamollar bilan izohlanmoqda, biroq Electron ikki o‘qli nazorat tizimi bilan jihozlangan, bu unga yo‘nalishdan uzilmaslik imkonini beradi.
Mavzuga oid
00:15
Yangi Zelandiyada ko‘kyo‘tal epidemiyasi e’lon qilindi
16:53 / 20.11.2024
Yangi Zelandiyada 40 ming maori o‘z huquqlari uchun namoyishga chiqdi
14:26 / 16.11.2024
Yangi Zelandiyada maori deputatlari bahsli qonun loyihasiga norozilik bildirib, majlisda raqsga tushdi
00:08 / 20.10.2024