Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy hukumati go bo‘yicha jahon chempioni va sun'iy intellekt o‘rtasidagi o‘yin namoyishini taqiqladi
Xitoy hukumati go o‘yini onlayn-translyatsiyasi namoyishini taqiqladi. Gap shundaki, Google'ning AlphaGo dasturi go bo‘yicha dunyoning eng kuchli o‘yinchisi xitoylik Ke Tszeni mag‘lub qilgan. The Guardian shu haqidagi ma'lumoti bilan bo‘lishdi.
Manbaga ko‘ra, AlphaGo Tsze bilan kechgan birinchi o‘yinda g‘olib bo‘lgan, biroq tomoshabinlar uni jonli efirda ko‘ra olishmagan, chunki Xitoy hukumati efir olib borish istagida bo‘lgan saytlarni oldindan ogohlantirgan.
"AlphaGo va Ke Tsze o‘rtasidagi go o‘yiniga keladigan bo‘lsak, hech bir sayt uni translyatsiya qilish huquqiga ega emas", - deyiladi hukumat bayonotida.
Nashrda yozilishicha, taqiqlov nafaqat video, balki matnli translyatsiya, shuningdek ijtimoiy tarmoqlardagi izohlar va push-xabarlarga ham taalluqli.
Mavzuga oid
23:35 / 27.05.2025
Yangi sun’iy intellekt modeli yolg‘on gapirish va odamlarni shantaj qilishni o‘rganib oldi
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
19:21 / 27.05.2025
Ma’lumotlar xavfsizligi, mualliflik huquqi va qonun loyihasi – O‘zbekistonda sun’iy intellekt
18:42 / 26.05.2025