Olimlar sayyora obektlarining yangi turini kashf qilishdi
Amerikalik astrofiziklar sayyora obektlarining yangi turini kashf qilishdi va ularga "sinestiyalar" nomini berishdi. Bu yangi sayyoralar tashqi ko‘rinishidan eritrotsitlarga o‘xshaydi. Journal of Geophysical Research jurnalida shu mavzuga bag‘ishlangan maqola taqdim etildi.
Olimlar dastlab HERCULES nomini bergan maxsus kompyuter dasturini ishlab chiqishdi, so‘ngra uning yordamida hali kashf qilinmagan obektlarni aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi.
Tadqiqotchilar dastur yordamida osmon jismi sinestiyaga aylanayotganini aniqlashdi. Aksariyat holatlarda ikki aylanma harakat qilayotgan osmon jismi to‘qnashganda shunday noyob obekt shakllanadi.
Sinestiyalarning davomiyligi to‘g‘ridan to‘g‘ri ular tashkil topgan materiya zichligiga bog‘liq. Vaqt o‘tgach, sinestiyalardan sayyora va yo‘ldoshlar ajralib chiqadi.
Astronomlar taxminiga ko‘ra, hatto Yer va oy ham uzoq o‘tmishda 100 yilcha sinestiya ko‘rinishida bo‘lgan.
Mavzuga oid
11:12 / 27.08.2024
Sayyoralar paradi: navbatdagi tomosha 28 avgust kuni bo‘lib o‘tadi
19:56 / 20.08.2024
Yaqinroq va yorqinroq: Superoy hodisasi – dunyo fotograflari nigohida
23:33 / 23.07.2024
NASA AQSh orbitasiga sun’iy yulduzni olib chiqadi
21:47 / 17.07.2024