Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
25 may Toshkentda kutilmagan ob-havo kuzatildi (foto, video)
25 may kuni Toshkent shahrining ayrim hududlarida kuchli shamol va jala qo‘yish holati kuzatildi. Buning oqibatida ayrim tumanlardagi ko‘chalarni suv bosdi, daraxtlar sinib, to‘xtab turgan avtomobillarga jiddiy shikast yetkazdi.
Noqulay kelgan ushbu ob-havoning fotosuratlari va videolari “Feysbuk” ijtimoiy tarmog‘ining bir qancha guruhi foydalanuvchilari tomonidan e'lon qilindi. Suratlar va videolarda qoldirilgan izohlarga ko‘ra, bunday ob-havo Toshkentning barcha hududida kuzatilmagan. Masalan, Sergeli dahalari, Chilonzor tumani va Vodnik dahasining ayrim joylardagina shamol esgan va yomg‘ir yog‘ib o‘tgan. Ammo poytaxtning Yunusobod tumani hududida kuchli yog‘ingarchilik holati kuzatilgan.
Eslatib o‘tamiz: Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 26 may kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechqurun yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kechasi 18-20, kunduzi 30-32 daraja issiq bo‘ladi.






Mavzuga oid
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
22:27 / 22.05.2025
8 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi bo‘lishi e’lon qilindi
13:12 / 21.05.2025
G‘arbdan keladigan sovuq antitsiklon yurtimizga salqinlikni olib keladi
18:42 / 13.05.2025