Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Iroqda 1 mlrd dollarlik qurol-yarog‘ini "yo‘qotdi"
Xalqaro Amnesty International nohukumat tashkiloti xabar qilishicha, Amerika harbiylari Iroq va Kuvaytga keltirilgan qurol-yarog‘larning bir qismi qayerda ekanini bilmaydi. "G‘oyib bo‘lgan" qurollarning umumiy narxi esa 1 mlrd dollarga baholanmoqda.
Huquq himoyachilari Vashington tomonidan 2016 yil sentabr oyida o‘tkazilgan va oshkor qilingan audit natijalariga tayangan holda shunday fikrni ilgari surmoqda. Hujjatlarga muvofiq, Pentagon Iroq armiyasi va kurdlarning peshmerga guruhlari ixtiyoriga borib tushishi kerak bo‘lgan katta miqdordagi aslahalarning "soni va ularning qayerdaligi haqida aniq va so‘nggi ma'lumotga ega emas".
Xususan, ayni vaqtda 28 mln dollarlik 10 minglab hujum miltiqlari qayerdaligi noma'lum. Bundan tashqari, yuzlab minomyot snaryadlari va Humvee zirxli armiya yo‘ltanlamaslarining keyingi taqdiri ham aniq emas.
"Agar Amerika qurol-yarog‘lari qachonlardan beri Iroqda o‘zaro urushayotgan tomonlar, xususan, IShID qo‘liga ham tushib qolayotgani e'tiborga olinsa, bu juda tashvishli holatdir", — degan tashkilotning qurollar nazorati mutaxassisi Patrik Uilken.
Ma'lumki, AQShning Iroqdagi harbiy kampaniyasi 2003 yil martidan 2011 yil dekabriga qadar davom etdi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025