Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgiyada Trampning kelishiga qarshi minglab odamlar namoyishga chiqishdi
Belgiyada AQSh prezidenti Donald Trampning NATO sammitida ishtirok etish uchun Bryusselga kelishiga qarshi norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi. Namoyishga 9 mingga yaqin kishi chiqqan, deb ma'lum qilindi Bryussel huquq-tartibot idoralarida.
NBC telekanalining ma'lum qilishicha, namoyishlarda so‘l tashkilotlar, kasaba uyushmalari vakillari va ekologiya sohasidagi faollar ishtirok etishgan. Aktsiya ishtirokchilari Tramp siyosatiga qarshi chiqishgan. Xususan, Trampning global isishga qarshi kurashish dasturlarini yopish qarori va NATOning barcha davlatlari uchun mudofaa xarajatlarini ko‘paytirish zarurligi borasidagi gaplari tanqid ostiga olingan. Namoyish tashkilotchilaridan biri "Yevropa tinchlikka pul sarflashi lozim bo‘lgan bir paytda, Tramp uning urushga ko‘proq pul sarflashini istamoqda", deb aytdi.
Tramp 24 may kuni Belgiyaga yetib keldi. U Belgiyadan "katta yettilik" yetakchilari sammitida ishtirok etish uchun Sitsiliyaga jo‘nab ketadi.
Mavzuga oid
23:25 / 04.11.2024
Gurjistonda minglab odamlar parlament saylovlari natijasiga qarshi mitingga chiqdi
23:38 / 05.08.2024
Bangladesh prezidenti muxolifat yetakchisi Xolida Ziyoni ozod etdi
13:07 / 26.03.2023
Millionlab fransuzlar ko‘chaga chiqdi, ular nima xohlayapti?
23:44 / 13.03.2023