Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boeing ko‘pmartalik uchuvchisiz kosmoplanni qurib, sinovdan o‘tkazadi
Amerikaning Boeing korporatsiyasi AQSh mudofaa vazirligining sun'iy yo‘ldoshlarni Yer orbitasiga olib chiqishga xizmat qiluvchi kosmoplanlarni ishlab chiqish va sinash dasturini yakunlaydi. Tovushdan tez uchuvchi tajribaviy muqobil uchish apparati XS-1 fazoga parvozlar muddati va qiymatini keskin o‘zgartirishi kutilmoqda. Bu haqda Amerika mudofaa vazirligining istiqbolli tadqiqotlar va ishlanmalar agentligi (DARPA - Defense Advanced Research Projects Agency) ma'lum qildi.
"XS-1 noan'anaviy samolyot va noodatiy tashuvchi bo‘lishi kerak. Aniqroq aytganda, ikkisining birikmasi bo‘lishi lozim. Yakuniy maqsad shuki, parvoz qiymatini 10 marta arzonlashtirish va ularni zarurat bo‘lganda uzoq muddatli kutish jarayonisiz amalga oshirishga erishishdir", - degan DARPA dasturi rahbari Jyess Sponebl.
Dasturning birinchi bosqichini amalga oshirish uchun – Boeing korporatsiyasi, Northrop Grumman va Masten Space Systems kompaniyalari tanlab olindi. 2015 yil avgustida ilk ikki kompaniya shu maqsadlar uchun 6,5 mln, uchinchisi 3 mln dollar olgandi.
DARPA agentligi aniqlik kiritishicha, XS-1 biznes tasnifidagi reaktiv samolyot hajmidek keladigan uchuvchisiz parvoz qurilmasi bo‘lib, tik holatda fazoga ko‘tariladi va yotiq holatda qo‘nadi. U tezlashtiruvchi raketalarsiz o‘z dvigatellari yordamida uchishi va tezlik olishi talab etiladi. Belgilangan balandlikka chiqqanidan so‘ng, kosmoplan avtomatik tartibda 1,36 tonnalik sun'iy yo‘ldoshni fazoga chiqaradi. Pentagon mazkur qurilma yerga qaytganidan so‘ng, bir necha soat ichida yana fazoga ucha olishi kerakligini aytmoqda.
DARPA dasturning ikkinchi bosqichini 2019 yilda yakunlashni rejalashtirmoqda. Agar muvaffaqiyat qozonilsa, bir parvoz qiymati 5 mln dollarni tashkil etadi. Uchinchi bosqich 2020 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, 15tagacha sinov parvozlarini amalga oshirish belgilangan. Dastlab kosmoplan tezligi ikkinchi bosqichsiz 5-10 Maxgacha yetkazish, so‘ngra 408 kgdan 1,36 tonnalik sun'iy yo‘ldoshlarni orbitaga chiqarish vazifasi bajariladi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025