O‘zbekiston | 11:28 / 25.05.2017
9442
3 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro press-klubda O‘zbekiston yengil sanoatining istiqboli haqida fikr yuritildi

2017 yil 24 may kuni Xalqaro press-klubning (XPK) navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda  «O‘zbekengilsanoat» AJ boshqaruv kengashi raisi maslahatchisi Rasul Sodiqov, «Osiyo ramzi» O‘zbekiston dizaynerlar uyushmasi raisi Holida Komilova va «Istiqlol tekstil dizayn» MChJ vakili, yengil sanoat kompaniyalari vakillari, ekspertlar hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.  

Bugungi press-klubning asosiy mavzusi «Bolajonlar-shirintoylar» nomli bolalar modasi festivali hamda yurtimizda yengil va to‘qimachilik sanoatining rivojlanishi haqida bo‘ldi. 

“2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi”da ta'kidlangan vazifalar orasida, alohida e'tibor mamlakatning eksport qilish salohiyatlarini kengaytirish hamda jahon bozorlariga jo‘natilayotgan yuqori ustki narhli mahsulotlar ko‘lamini oshirish turibdi. Buning uchun xomashyoni chuqur qayta ishlash yo‘li orqali sanoatni yangi bosqichga ko‘tarish lozim bo‘ladi. 2017 yil uchun tayyor tekstil va tikuv-trikotaj mollarini ishlab chiqarishga 178 million dollarli 15 ta yirik loyiha rejalashtirilgan.

2017–2019 yillarda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturiga muvofiq, 112 ta zamonaviy, yuqori texnologik ishlab chiqarish obekti quriladi, 20 ta faoliyat ko‘rsatayotgan obektning ishlab chiqarish quvvati texnik qayta jihozlanib, modernizatsiya qilinadi. Bularning barchasi qo‘shimcha 25 mingta yangi ish o‘rinini yaratadi.

Tekstil sohasi rivojlanishining yana bir muhim omili – bu mahalliy ishlab chiqaruvchilarning xalqaro ko‘rgazmalardagi ishtiroki va milliy yarmarkalarni tashkil etishdir. O‘tgan yilda 21 ta ko‘rgazmada ishtirok etish 1 mlrd dollar qiymatdan ko‘p bo‘lgan shartnomalarni imzolashga sabab bo‘ldi. Ushbu yilda O‘zbekistonlik tadbirkorlarni 26 ta xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etishi, bundan tashqari, mamlakatimizda har yili yarmarka va ko‘rgazmalar o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

 

Mavzuga oid