Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda iyun oyida bo‘lib o‘tadigan ShHT sammitidan nimalar kutilmoqda?
Ostona shahrida iyun oyida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida qabul qilinadigan hujjatlar xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni kuchaytiradi. Bu haqda Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Roman Vasilenko ma'lum qildi.
"Ostonada 8-9 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan ShHT sammitida davlat rahbarlarining xalqaro terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha qo‘shma bayonoti va ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha Konventsiyaning qabul qilinishi mintaqa davlatlarining xavfsizlik sohasidagi hamkorligini yanada kuchaytiradi", - dedi Vasilenko “Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik va hamkorlikni qonunchilik jihatidan ta'minlashda parlamentlar o‘rni” mavzusidagi xalqaro davra suhbati davomida.
Eslatib o‘tamiz, ShHT – xalqaro tashkilot bo‘lib, 2001 yilda Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston rahbarlari tomonidan tashkil etilgan. 2016 yilning iyunida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan sammitda tashkilotga Hindiston va Pokistonning kirishi haqida memorandumlar imzolandi.
Ayni damda Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston ShHT kuzatuvchi davlatlari bo‘lsa, Ozarboyjon, Armaniston, Kamboja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka sherik mamlakatlardir.
Mavzuga oid
12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi
17:32 / 25.02.2025