Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xiaomi videoni to‘xtovsiz 18 soat ko‘rish mumkin bo‘lgan yangi smartfonni taqdim etdi
Xiaomi’ning yangi Mi Max 2 qurilmasi korpusi metalldan qilingan. Ishlab chiqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, fablet video ko‘rish rejimida 18 soatgacha ishlashi mumkin, deb yozmoqda TechCrunch.
Devays 6,44 dyuymli, Full HD kenglikka ega displeyga ega. Ishlab chiquvchilar uning ostida sakkiz yadrolik, 2,2 GGts.lik Snapdragon 626 protsessorini o‘rnatishdi.
Mi Max 2 ikki modifikatsiyada taklif etiladi: kichik nusxasi 4 Gbayt operativ va 64 Gbayt ichki xotiraga ega bo‘lsa, kattarog‘i - 6 Gbayt operativ va 128 Gbayt ichki xotiradan iborat bo‘ladi. Har ikki nusxada ham asosiy kamera 12 megapiksellik bo‘ladi.

Yangi qurilmaning eng o‘ziga tortuvchi jihati - 5300 mA*s hajmga ega akkumulyator. Ishlab chiquvchilarning ta'kidlashicha, bunday batareya videoni ko‘rganda 18 soatga, suhbat qilganda esa 57 soatga yetadi.
Xitoy bozoriga fablet 1 iyun kuni 1699 yuan narxida chiqariladi.

Mavzuga oid
16:47 / 19.03.2025
Xiaomi jahon bozorida fotosurat san’atini yangi cho‘qqiga olib chiquvchi Xiaomi 15 seriyasini taqdim etmoqda
11:28 / 10.11.2024
Dunyo bo‘ylab eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi
21:48 / 18.09.2024
Xiaomi smartfon ishlab chiqarish bo‘yicha Apple kompaniyasini ortda qoldirdi
21:55 / 28.03.2024