Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Argentinada hayvonot bog‘i yopilgandan keyin 1,5 ming jonzotning taqdiri noaniq bo‘lib qolmoqda
2016 yilda Argentina poytaxti Buenos-Ayresdagi 140 yillik tarixga ega hayvonot bog‘i yopilgan bo‘lsa-da, undagi hayvonlar tor qafaslarda qolmoqdalar. Argentina hukumati hayvonot bog‘idan 1,5 mingdan ko‘proq jonzotni boshqa, jumladan xorijdagi hayvonot bog‘lariga taqsimlashga va'da bergan. Biroq bu va'dalar quruq so‘z bo‘lib qolmoqda va o‘tgan bir yil ichida vaziyat o‘zgarishsiz qolib, tobora ayanchli ko‘rinish olmoqda, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.
Hayvonot bog‘i 1875 yilda shaharning osoyishta chekkasida barpo etilgan. Hozir bu yerdan yirik magistral o‘tgan.

Hayvonot bog‘idagi kondorlar shunchaki ozodlikka qo‘yib yuborilgan, yana 360 jonzotga mamlakatning turli qismlaridan yangi uylar topildi. Biroq jonzotlarning aksariyati tor qafaslarda qolib ketgan. Bu orada hukumat hayvonot bog‘ini buzib tashlash qarorini qabul qilgan, biroq undagi jonzotlarning kelgusi taqdiri haqida hech qanday aniqlik yo‘q.

Shahar ma'muriyatining aytishicha, hayvonlarni tarqatish jarayoni ular o‘ylagandan murakkabroq bo‘lib chiqqan va hozircha bu borada biror aniqlik yo‘q. Shuning uchun hozircha vaqtinchalik choralar ko‘rilgan: hayvonot bog‘iga avvalgi 10 ming tashrif buyuruvchi o‘rniga 2 ming kishi qo‘yilmoqda.

Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
14:57 / 19.05.2025
Argentinada suv toshqini tufayli 7500 dan ortiq kishi evakuatsiya qilindi
17:56 / 12.05.2025
Argentina sobiq Adliya vazirligi binosidan natsistlarga tegishli hujjatlar arxivi topildi
20:13 / 02.05.2025