Sport | 18:10 / 26.05.2017
10388
1 daqiqa o‘qiladi

«Sevilya» tasdiqladi. Sampaoli Messi bilan ishlaydi

«Sevilya» va murabbiy Xorxe Sampaoli o‘zaro shartnomani bekor qilish bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Andaluziya klubi rasmiy saytida 1 iyundan buyon tegishli qog‘ozlar imzolanishi ma'lum qilindi. «Sevilya» bu borada Argentina futbol assotsiatsiyasi bilan kelishib olgan. Endilikda murabbiy terma jamoani boshqaradi. «Sevilya»ning bayonotida bu kelishuvdan barcha tomonlar mamnun ekani qayd etilgan.

Sampaoli boshqaruvida «Sevilya» primerada to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Argentina terma jamoasi iyun oyida Braziliya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi, avgust-sentabr oylarida esa JCh-2018 saralash uchrashuvlari davom ettiriladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid