Tramp yana bir mojaroga aralashib qoldi, bu safar Chernogoriya bosh vaziri “jabr” ko‘rdi (video)
AQSh prezidenti Donald Tramp NATO yangi bosh qarorgohini ko‘zdan kechirish chog‘ida Chernogoriya bosh vaziri Dushko Markovichni bir chekkaga surib tashladi.
CNBC telekanali jurnalisti Stiv Kopak o‘z tvitterida hodisa tasvirlangan videoni e'lon qildi.
«Tramp guruh oldiga chiqib olish uchun NATOning boshqa bir yetakchisini shunchaki itarib tashladimi?», - deya yozgan u.
TASS’ning Oq uy matbuot kotibi Shon Spayserga asosan xabar berishicha, Tramp bu ishni qo‘shma fotosurat uchun avvaldan tasdiqlangan sxemaga rioya etish maqsadida qilgan. Spayser jurnalistlarga bu borada ortiqcha izoh berishni istamadi.
«Men videoni ko‘rmadim», - dedi u.
Shu bilan birga, uning qo‘shimcha qilishicha, Tramp yaxshiroq joyga ega bo‘lish uchun buni qilmagan.
Mavzuga oid
20:43 / 12.11.2024
NATO bosh kotibi Ukrainadagi mojaro «trayektoriyasini» o‘zgartirishga chaqirdi
16:07 / 12.11.2024
Greenpeace: NATO harbiy jihatdan Rossiyadan sezilarli darajada ustundir
01:18 / 10.11.2024
Rossiyalik o‘qituvchilar «NATOdan himoyalanish uchun» folgadan qalpoqlar yasadi
10:09 / 09.11.2024