Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda uy quladi, qurbonlar bor
Xitoyning Shandun viloyatida qurilayotgan uyning qulashi natijasida olti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda «Sinxua» xabar bermoqda.
Hodisa mahalliy vaqt bilan soat 9.50 da yuz bergan. Ishchilar voqea ro‘y berganda ikkinchi qavatni qurish bilan mashg‘ul bo‘lishgan.
Voqea joyiga politsiya va qutqaruvchilar yetib keldi. Ko‘plab ishchilar vayronalar ostidan evakuatsiya qilindi, biroq olti kishi halok bo‘lgan. Yana to‘rt nafar jabrlangan inson kasalxonaga yetkazildi, ularning ahvoli barqaror, deb baholanmoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, qurilish noqonuniy ravishda olib borilgan. Ma'muriyatning ta'kidlashicha, hodisa uchun javobgar bo‘lganlar qo‘lga olindi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025