Jamiyat | 12:50 / 28.05.2017
8841
1 daqiqa o‘qiladi

Belgiya qirollik oilasi Burger King reklamasini haqoratli deb topdi

Foto: BBC

Belgiya qirollik oilasi Burger King ovqatlanish tarmog‘i reklamasini keskin tanqid qildi va uni qirol Filippning qadr-qimmatini kamsitadi, deb topdi.  Bu haqida BBC xabar berdi

Iyun oyida mamlakatda faoliyatini boshlashi kerak bo‘lgan Burger King mahalliy aholiga Belgiya qiroli va "burgerlar qiroli" (restoran tarmog‘i ramzi)dan birini tanlashni taklif qildi. Foydalanuvchi Belgiya qirolini tanlagan taqdirda tizim tanlovga ikki marta aniqlik kiritadi "Ishonchingiz komilmi? Axir u sizga kartoshka-fri tayyorlab bermaydi-ku!", - deyiladi reklamada. 

"Biz bunday nayranglarni qoralaymiz. Zero uning maqsadi - tijorat, biz bunga rozilik bermaymiz", - dedi qirollik oilasi vakili Per Emmanuel de Bo. 

Shuni ta'kidlash joizki, Burger King kompaniyasi qirollik oilasidan hali hech qanday rasmiy xabar olmagan.

Mavzuga oid