Sport | 04:11 / 28.05.2017
8918
1 daqiqa o‘qiladi

"Yuventus" 17 yoshli futbolchisining 94-daqiqadagi goli evaziga g‘alaba qozondi

Italiya chempionatining 38-turida "Yuventus" safarda "Bolonya"ga qarshi maydonga tushib, irodali g‘alabaga erishdi. 

Mezbonlar ikkinchi bo‘limning 7-daqiqasdia Taiderning goli evaziga hisobda oldinga chiqib olishdi. 70-daqiqada Dibala hisobni tenglashtirdi.

Turinliklarga g‘alaba golini zaxiradan maydonga tushgan jamoaning 17 yoshli futbolchisi Kin o‘yinga qo‘shib berilgan 4-daqiqada kiritdi. 

Bolonya – Yuventus 1:2 
Gollar: 1:0 – 52 Taider, 1:1 – 70 Dibala, 1:2 – 90 Kin.
Bolonya – Anjyelo, Kraft (Petkovich, 75), Gastaldello, Torosidis, Mbayye, Pulgar (Nad, 85), Viviani, Taider, Okvonkvo, Destro, Kreychi (Masina, 68).
Yuventus – Audero, Lixtshtayner, Benatiya, Bardzali, Asamoa, Markizio (Pyanich, 56), Xedira (Mandjukich, 59), Kuadrado, Dibala (Kin, 79), Sturaro, Iguain.
Ogohlantirishlar: Viviani (65), Kuadrado (79), Okvonkvo (82), Gastaldello (90).

Азимжон Бердибеков
Tayyorlagan Азимжон Бердибеков
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid