Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar insonning biologik yoshini aniqlashni o‘rganib olishdi
Rossiyalik olimlar insonning biologik yoshini aniqlash bo‘yicha samarali usul o‘ylab topishdi. Masalan, yurak kasalliklari bu yoshga bir necha yil qo‘shar ekan. Ushbu tadqiqot tibbiyot xodimlariga qarishning oldini olishda asqotadi, deb xabar beradi «Populyarnaya mexanika».
Rossiyalik mutaxassislar odamning yurak-qontomir tizimi ko‘rsatkichlarini tahlil qilib, biologik yoshini aniqlashni o‘rganib olishdi. Me'yordagi va sog‘lom insonda bu yosh u yashagan yillar bilan mos tushadi, biroq ham tashqi, ham ichki zararli omillar ta'sirida raqamlar keskin farqlanishi ham mumkin ekan.
Insonning haqiqiy biologik yoshini qanday aniqlash mumkin — tibbiyot xodimlarida shu paytgacha bu borada aniq bir to‘xtam yo‘q edi. Eng aniq usul — DNK ekspertizasi bo‘lsa-da, u ikkita kamchilikka ega edi: 3–4 yilgacha farq va tekshirish ishlarining o‘ta qimmatligi.
«MISiS» tadqiqot texnologik milliy universiteti olimlari o‘zining yangi ixtirosi haqida shunday deyishgan:
«Bizning tadqiqotimiz uyqu arteriyasining tonomiyetriyasi va ultratovush tadqiqotiga asoslangan. Kompyuter yordamida shunday formula ishlab chiqdik-ki, u sog‘lom kishilarning biologik yoshini erkaklar uchun 7 yil, ayollar uchun 6 yil aniqlikda oldindan aytib bera oladi. Qon bosimi ko‘tarilib turadigan va qandli diabetga chalingan bemorlar ustida o‘tkazilgan sinovlarning ko‘rsatishicha, bunday dardga chalingan bemorlarning biologik yoshi haqiqiy yoshidan 3 yilga ko‘proq ekan».
Mavzuga oid
18:26 / 16.05.2025
Olimlar og‘ir bemor chaqaloq hayotini DNK tahriri orqali saqlab qoldi
00:46 / 10.11.2024
Britaniyada odamlarning DNK ma’lumotlarini saqlab kelgan kompaniya izsiz yo‘qoldi
09:57 / 06.05.2022
Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi tashkil etildi
20:14 / 05.05.2022