Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ping-pong bo‘yicha Xitoy termasi bosh murabbiyi vazifasidan ozod etildi
Xitoyning stol tennisi bo‘yicha ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Kong Linghui sudlashayotgani uchun vaqtincha lavozimidan chetlashtirildi. Bu haqda Sinxua agentligi Xitoy stol tennisi assotsiatsiyasiga asoslangan holda xabar qilmoqda. Sud ishiga ikki karra Olimpiya chempionining qarzdorligi sabab bo‘lgan.
Agentlikka ko‘ra, 2015 yili Kong Linghui oilasi va do‘stlari bilan yashagan Singapur mehmonxonasidan 721 ming dollarga yaqin qarz olgan, ammo hammasini qaytara olmagan. Aynan shu sabab mehmonxona sportchi ustidan Hongkong sudiga ariza bergan. Murabbiyning o‘zi Weibo ijtimoiy tarmog‘ida pul olganini tan olar ekan, o‘zi shaxsan o‘yinda ishtirok etmaganini ta'kidlagan.
XXR sport bo‘yicha bosh boshqarmasi hodisa sabab bo‘lgan «salbiy ta'sir» uchun uzr so‘rab, tergov o‘tkazishga va'da berdi.
«Sport bo‘yicha bosh boshqarma sport axloqi, intizomi va qonunlarini buzadigan har qanday holatni qabul qila olmaydi», — degan boshqarma matbuot kotibi.
Xitoy stol tennisi assotsiatsiyasi Kong Linghui ping-pong bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tayotgan Dyusseldorf shahridan qaytishi kerakligini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025