Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda Yevropadan keluvchi aviareyslarga noutbuk olib chiqishni taqiqlamaslikka qaror qilindi
AQSh ma'muriyati va Yevropa Ittifoqi hukumati Yevropadan AQShga amalga oshiriluvchi aviareyslarga portativ kompyuter texnikasini olib o‘tishni taqiqlamaslikka kelishib oldilar. Bu haqda AQShning Politico nashri xabar berdi.
"Taqiqlov kiritilmaydi. Ikkala tomon texnik masalalar bo‘yicha muzokaralarni faolroq o‘tkazishga va barchani qanoatlantiruvchi yechimni ishlab chiqishga harakat qilishga kelishib oldi", deb Yevropa komissiyasining vakili aytgan so‘zlarni keltirib o‘tgan nashr.
Bunday qarorga AQSh milliy xavfsizlik vaziri Jon Kelli va YeIning ikki a'zosi o‘rtasidagi muzokaralardan keyin kelindi.
Avvalroq ma'lum qilingandek, AQShda mart oyida samolyotlarga mobil telefon va tibbiyot uskunalaridan tashqari, barcha elektron qurilmalar, jumladan elektron kitoblar, planshetlar, noutbuklar, foto va videokameralarni olib o‘tish taqiqlangandi. Yangi qoidalar 10 ta xalqaro aeroportdan, jumladan Qohira (Misr), Amman (Iordaniya), Kuvayt, Kasablanka (Marokash), Doha (Qatar), Istanbul (Turkiya), Er-Riyod va Jidda (Saudiya Arabistoni) hamda Abu-Dabi va Dubay (BAA) aeroportlaridan keluvchi samolyotlarga joriy qilingan.
AQSh ichki xavfsizlik vazirligida taqiqlov kiritish haqidagi qaror parvoz vaqtida xavfsizlikni kuchaytirish maqsadida qabul qilingani aytilgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025