Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda siyosiy boshpana berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqladi. Bu haqda davlat rahbarining rasmiy saytida xabar berilgan.
Mazkur hujjatda Ichki ishlar vazirligi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi bilan birgalikda 2 oy muddatda O‘zbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish uchun murojaat qilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning biometrik ma'lumotlar bazasini shakllantirish bo‘yicha belgilangan tartibda taklifni kiritishi belgilangan.
Ma'lumot uchun, Konstitutsiyaning 93-moddasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari belgilangan bo‘lib, 22-bandga ko‘ra, u «O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga va siyosiy boshpana berishga oid masalalarni hal etadi».
Bunday maqom xalqaro va milliy qonunchilikda huquqbuzarlik sifatida ko‘rilmaydigan harakatlari uchun o‘z yurtida ta'qib etilayotgan shaxslarga taqdim etiladi.
Siyosiy boshpana taqdim etishni so‘rab berilgan arznoma 1 yil muddat ichida ko‘rib chiqiladi.
Mavzuga oid
10:03 / 28.05.2025
Yirik suv inshootlari va magistral quvurlarga “aqlli” hisoblagich tizimi o‘rnatiladi
21:22 / 27.05.2025
2025 yilda 1619 km ichimlik suv tarmoqlarini tortish rejalashtirilgan
18:30 / 27.05.2025
Shavkat Mirziyoyev YUNISEF ijrochi direktori bilan uchrashdi
12:30 / 27.05.2025