Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pasportlarni hisobga olish va yo‘q qilish kim tomonidan amalga oshiriladi?
Prezidentning 30.05.2017 yildagi PF-5061-son Farmoni bilan O‘zbekiston fuqarolarining biometrik pasportlari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning biometrik harakatlanish hujjatlarini hisobga olish va yo‘q qilish tartibi belgilandi. Hujjat matni davlat rahbarining rasmiy saytida e'lon qilindi, deb yozadi Norma.uz.
Ma'lumot uchun: hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra biometrik pasportlarni yo‘q qilish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazida amalga oshiriladi.
Farmon bilan shunday tartib joriy qilindiki, unga ko‘ra biometrik pasportlar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning biometrik harakatlanish hujjatlarini hisobga olish va yo‘q qilish:
• ularni tayyorlash chog‘ida yaroqsiz holga kelganlari va almashtirish uchun IIO migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari va TIV konsullik boshqarmasidan qaytarilganlari – Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazida;
• muddati o‘tgan va haqiqiy emas deb topilganlari - IIO migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari va TIV konsullik boshqarmasida amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
10:10 / 21.05.2025
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi amalga oshiriladi
14:06 / 03.05.2025
Jahon savdo tashkilotiga a’zolik yanada jadallashtiriladi
11:35 / 01.04.2025
Bojxona organlari faoliyati samaradorligini oshirishning maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi
12:59 / 11.01.2025