Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Serbiyaning yangi prezidenti qasamyod vaqtida NATOga "yo‘q" deb aytdi
Serbiyaning yangi prezidenti Aleksandr Vuchich inauguratsiyasi vaqtida mamlakatning NATOga kirmasligini aytdi. Vuchichning aytishicha, bu holat yaqin 5 yilda yuz bermaydi. Bu haqda Pink telekanali xabar bermoqda.
Prezident serb yozuvining eng qadimiy yodgorligi – 12-asrga tegishli Yevangeliya kitobiga qo‘lini qo‘yib qasamyod keltirdi. Tantanali marosim Serbiya parlamentida bo‘lib o‘tdi.
Prezidentdan qasamyodni Serbiya konstitutsion sudi raisi Vesna Ilich-Prelich qabul qildi. Serbiyaning sobiq bosh vaziri Tomislav Nikolichning o‘rnini egalladi. Nikolich mamlakatning yangi prezidentiga prezident standarti va davlat muhrini topshirdi.
Vuchich mamlakatda o‘tgan prezidentlik saylovlarida 55 foizlik ovoz bilan g‘olib bo‘lgandi. U bosh vazir lavozimida Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilash tarafdori sifatida tanilgan.
Mavzuga oid
14:23 / 23.05.2025
Kaya Kallas: Serbiya geosiyosiy tanlov qilishi kerak
20:35 / 07.05.2025
Moskvaga kelayotgan Serbiya prezidenti dronlar tufayli Bokuga qo‘nishga majbur bo‘ldi
11:42 / 07.05.2025
Serbiya OAV: Latviya va Litva Vuchichning samolyotini o‘tkazmaydi
01:17 / 07.05.2025