Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Toshkent» xalqaro aeroporti va to‘rtta temir yo‘l posti Xitoy granti bo‘yicha skaner uskunalarini oladi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 may kuni «O‘zbekiston Respublikasi bojxona postlarini jihozlash uchun Xitoy Xalq Respublikasi hukumati tomonidan taqdim etilayotgan grantdan samarali foydalanilishini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
I.Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro aeroportining chegara bojxona postida o‘rta hajmli yuklarni nazorat qilish bo‘yicha o‘nta skanerdan o‘tkazish tizimi o‘rnatiladi.
Grant ichiga to‘rtta yirik hajmli inspeksiya-nazorat majmuasi ham kiradi. Ular «O‘zbekiston», «Bekobod» (Toshkent viloyati), «Xo‘jadavlat» (Buxoro viloyati) va «Sariosiyo» (Surxondaryo viloyati) temir yo‘l chegara bojxona postlarida o‘rnatiladi.
Xitoy granti o‘z ichiga uskunalar uchun ehtiyot qismlari, uning montaji va boshqa ishlarni, kafolatli texnik xizmat ko‘rsatish va operatorlarni o‘qitishni qamrab olgan. Grantning umumiy miqdori – 126 million yuan yoki 18,3 mln AQSh dollari.
Mavzuga oid
18:21 / 18.05.2025
Ispaniyada yuzlab boshpanasizlar aeroportni «egallab oldi»
10:30 / 15.05.2025
Rossiya aeroportlari 2025 yilda dronlar tufayli 217 marta yopildi
14:19 / 01.05.2025
Urganch aeroporti Koreyaning Inchon aeroporti bilan sheriklikda boshqariladi
17:32 / 29.04.2025