Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Toshkent» fond birjasi binosi konsert zaliga aylantiriladi
Toshkentda yaqin orada zamonaviy konsert zali barpo etiladi. U akademik jamoalarning badiiy dasturlari namoyish etiladigan, jonli ijroga mo‘ljallangan bo‘ladi. Bu O‘zbekiston Prezidentining 31 maydagi «Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida belgilab qo‘yilgan.
Yangi konsert zali poytaxtning qoq markazida - Buxoro ko‘chasi, 10-uyda joylashgan binoda faoliyat ko‘rsatadi. Hozirgi kunda ushbu binoda «Toshkent» fond birjasi joylashgan. Uning yonida MUM, Alisher Navoiy nomidagi Katta teatr va boshqa madaniy obektlar joylashgan.
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga Madaniyat vazirligi va Toshkent shahri hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga binoni «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi tasarrufiga o‘tkazish bo‘yicha taklif kiritish vazifasi topshirildi.
Mavzuga oid
12:26 / 26.05.2025
Birjaga chiqariladigan oltin hajmi oshiriladi
14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
09:46 / 22.05.2025