Sport | 19:23 / 01.06.2017
5276
1 daqiqa o‘qiladi

Tuxelni Angliyada kutishmoqda

«Sauthempton» Tomas Tuxelni bosh murabbiy lavozimiga taklif etishi mumkin.

The Sun xabariga ko‘ra, «avliyolar» jamoasi rahbariyati Klod Pyuelning ishidan qoniqish hosil qilmagan va u bilan shartnomani bekor qilmoqchi. Jamoa bir necha kun oldin «Borussiya»ni tark etgan ushbu 43 yoshli murabbiy APLda o‘zini sinab ko‘rishga rozi bo‘lishiga umid bildirmoqda.

«Sauthempton» «Bayyer»dan mart oyida ishdan bo‘shatilgan Rojyer Shmidt nomzodini ham ko‘rib chiqmoqda.

Tuxel 2015 yilning iyunidan 2017 yil 30 mayiga qadar nemis jamoasida ishladi. U dortmundliklar bilan yakunlangan mavsumda Bundesligada uchinchi o‘rinni egalladi va Germaniya kubogi sohibi bo‘ldi.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid