Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama AQShning iqlim bo‘yicha kelishuvdan chiqishiga munosabat bildirdi
AQShning sobiq prezidenti Barak Obama AQSh iqlim bo‘yicha Parij kelishuvini tark etib, kelajakni inkor etmoqda, deb aytdi. Bu haqda "Blumberg" axborot agentligi xabar bermoqda.
AQSh prezidenti Donald Tramp 1 iyunda AQShning kelishuvdan chiqishini e'lon qildi. U bu masala bo‘yicha o‘zining nutqida mamlakat bu sohada yangi bitimni tuzish bo‘yicha yangi muzokaralar boshlashini aytgan.
"Bu ma'muriyat kelajakni inkor etuvchi kichik sondagi davlatlar qatoriga qo‘shilgan bo‘lsa ham, men ishonamanki, bizning davlatlar, shaharlar va korxonalar faollashib, bizda mavjud bo‘lgan yagona sayyorani kelajak avlodlar uchun saqlab qolishda yetakchi rol o‘ynash va ko‘mak berish uchun yanada ko‘proq ishni amalga oshiradilar", deb aytgan Obama.
Obama Parij kelishuvi "korxonalar, olimlar, muhandislarga yuqori texnologik va past uglerodli investitsiyalar va innovatsiyalar salohiyatini mislsiz ko‘lamda ochish imkoniyatini berganini" ta'kidlab o‘tdi.
Mavzuga oid
09:59 / 07.11.2024
Sobiq prezident Obama Trampni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi
15:50 / 21.08.2024
«Bu kinoni oldin ham ko‘rganmiz». Obama Trampning ikkinchi muddati xavfidan ogohlantirdi
14:59 / 26.07.2024
Barak Obama saylovda Kamala Harrisni qo‘llashini ma’lum qildi
09:34 / 19.07.2024