O‘zbekiston | 15:40 / 02.06.2017
5761
2 daqiqa o‘qiladi

Shayxontohur tumanida Hunarmandlar markazi tashkil etiladi

Bugun, 2 iyun kuni Toshkent shahridagi EOAVMA (O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi) media zalida Harakatlar strategiyasi doirasida navbatdagi tok-shou tashkil etildi. Unda hafta davomida mamlakat hayotida sodir bo‘lgan eng so‘nggi yangiliklar, prezident tomonidan qabul qilingan qarorlar va dolzarb masalalarga bag‘ishlangan mavzularda muhokamalar bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda ishtirok etgan «Kun.uz» muxbiri xabar berishicha, Shayxontohur tumanidagi «Suzuk ota» maqbarasi va jome' masjidi atrofidagi uylar buzilib, 6,5 gektar maydonli yerda Hunarmandlar markazi va kutubxona barpo etilishi ma'lum qilindi. 

Ma'lum bo‘lishicha, azal-azaldan hunarmandchilik bilan shug‘ullanib kelayotgan sulola vakillariga maxsus ikki qavatli kottejlar topshirilib, uyning birinchi qavati ustoxona bo‘lib, bu esa hunarmandlarga erkin faoliyat qilishlari uchun qulay sharoit yaratib beradi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 26 may kuni poytaxtning Shayxontohur tumaniga tashrifi davomida hunarmandchilik rivojlangan «Suzuk ota» mahallasida bo‘lgandi.

Феруза Авазова
Tayyorlagan Феруза Авазова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid