Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston tinchliksevar davlatlar reytingida 8 pog‘ona yuqoriladi
O‘zbekiston Global Peace Index 2017 tinchliksevar mamlakatlar reytingida dunyoning 163 mamlakati ichida 101-o‘rinni egalladi. Tadqiqot natijalari iqtisodiyot va tinchlik Instituti saytida e'lon qilingan.
Tinchliksevarlikning global indeksi Avstraliya va AQShdan bo‘lgan ijtimoiy tadqiqotchilar hamda iqtisodchilardan iborat xalqaro ekspertlar guruhi tomonidan ishlab chiqildi. Global Peace Index reytingini tuzishda o‘nga yaqin asosiy ko‘rsatkichlar hisobga olindi (masalan, qurolli mojarolarda ishtirok etish, kuch tuzilmalari soni, ro‘y bergan qotilliklar soni). Davlatlarga har bir asosiy ko‘rsatkich bo‘yicha 1 dan 5 gacha baho qo‘yiladi. Ro‘yxatda hammasi bo‘lib 163 mamlakat bor.
Indeksga ko‘ra, O‘zbekiston 2,132 indeksi bilan 101-o‘rindan joy oldi. Ta'kidlab o‘tish joizki, O‘zbekiston Global Peace Index 2016’da 2,216 indeksi bilan 109-pog‘onani egallagandi.
Reytingda birinchi o‘rinni Islandiya egalladi. Shuningdek, eng tinchliksevar davlatlar top-10ligida Daniya, Avstriya, Yangi Zelandiya, Portugaliya, Chexiya, Shveytsariya, Kanada, Yaponiya va Sloveniya ham bor.
Bu boradagi eng salbiy ko‘rsatkichlar esa Suriya, Janubiy Sudan, Iroq, Afg‘oniston, Somali, Yaman, Ukraina, Sudan va Liviya tomonidan qayd etilgan.
Mavzuga oid
19:49 / 27.05.2025
O‘zbekiston eng tinch davlatlar reytingida 60-o‘rinni egalladi
20:13 / 16.05.2025
Qirol Charlz III Pol Makkartnidan kambag‘alroq ekani aniqlandi
09:54 / 23.04.2025
Barcha davrlarning eng ko‘p maosh olgan sportchilari ro‘yxati tuzildi
12:04 / 22.04.2025