Amazon mahsulotni dron yordamida yetkazib berishning yangi usulini topdi

Amazon tovarlarni dronlar yordamida yetkazib berishni samarali tashkil etish borasida anchadan beri izlanmoqda. Gap shundaki, dronlarni buyurtmachilar eshiklari oldida doimiy ravishda qo‘ndirish juda ham samarali emas, shu sababdan kompaniya mutaxassislari uchuvchisiz qurilmalar orqali yetkazib berilgan mahsulotlarni tez va xavfsiz yetkazib berishning ehtimoliy variantlarini qidirish bilan mashg‘ullar. Amazon tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan so‘nggi patentlardan biri – parashyutga aylanuvchi etiketkalardir.
Patent hujjatlarida ixtiro haqida batafsil ma'lumot berilgan: posilkaning ustiga maxsus yorliq yopishtiriladi, unga barcha kerakli ma'lumotni ham yozib qo‘yish, shuningdek. shtrix kodlar va QR-belgilarni yopishtirish mumkin. Tovarni drondan tashlash chog‘ida yopishtirilgan etiketka ochilib, parashyutga aylanadi, hamda u yukni xavfsiz qo‘nishiga xizmat qiladi.
Parashyut arqonlari va parashyutning o‘zi yopishtirilgan etiketka ustida bo‘ladi, shuning uchun eng asosiysi – hammasini to‘g‘ri joylashtirish va ishlab chiqarish paytida yopishtirishdir. Katta yuklarni qo‘ndirishda bunday parashyutlardan bir nechtasini ishlatish mumkin, qo‘nishning oson kechishi uchun esa quti ichidagi maxsus amortizatorlardan foydalaniladi.
Amazon’da yuklarni dronlar yordamida yetkazib berishda parashyutlardan foydalanish haqidagi qaror qishda qabul qilingan, biroq o‘shanda faqatgina konsepsiya, chizmalar yaratilgandi.
Mavzuga oid

10:30 / 15.05.2025
Rossiya aeroportlari 2025 yilda dronlar tufayli 217 marta yopildi

21:23 / 12.05.2025
Amazon 20 yil ichida kompaniya logotipini birinchi marta o‘zgartirdi

11:57 / 08.05.2025
Rossiyada havo qatnovidagi kollaps 60 ming kishiga ta’sir qildi

20:44 / 07.05.2025