Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariyada havodan karbonat angidrid yig‘uvchi dunyodagi ilk zavod ishga tushdi
Shveytsariyada havodan karbonat angidrid yig‘uvchi dunyodagi ilk zavod ishga tushdi. Bu haqda Science nashri xabar bermoqda.
"Tsyurix yaqinidagi Climeworks AG zavodi havodan sanoat ko‘lamida CO2 yig‘uvchi va uni xaridorga sotuvchi ilk zavod bo‘ldi", deb aytilgan xabarda.
Ma'lum qilinishicha, zavod yiliga 900 tonna CO2 yig‘moqchi. Bu miqdor 200 ta avtomobil bir yilda chiqaradigan karbonat angidridga teng. Kompaniya olingan gazni sabzavotlar yetishtirishga yo‘naltirmoqchi. Biroq zavod yig‘adigan gaz sayyoramiz miqyosida arzimagan miqdorga teng.
Climeworks zavod shunday texnologiyalar yordamida jahondagi CO2 miqdorining 1 foizini yig‘ish maqsadiga erishishidagi birinchi qadam hisoblanishini aytmoqda. Bunday miqdordagi gazni yig‘ish uchun esa 250 mingta shunday zavoddan kerak bo‘ladi.
Mavzuga oid
14:10 / 26.05.2025
Shveytsariya G‘azoga yordam fondiga nisbatan tekshiruv boshladi
01:40 / 15.05.2025
Shveytsariyada radar tezlikni oshirgan o‘rdakni suratga oldi
21:20 / 09.05.2025
Shveytsariyada qo‘shnisining mushugiga ovqat bergan ayol sud qilinmoqda
23:08 / 24.04.2025