Sport | 08:45 / 04.06.2017
25091
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: «Real» darvozaboni o‘yin oxirida zaxira hakami o‘rnida

«Real» Uelsning Kardiff shahridagi «Millenium» stadionida kechgan YeChL finalida «Yuventus»ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi. Bu «Real»ning Chempionlar ligasida qatorasiga ikkinchi finalda g‘olib bo‘lishidir.

«Real»ning zaxira darvozaboni Kiko Kasilya o‘yin yakunida zaxira hakamidan elektron tabloni oldi, u 89-daqiqada o‘yinchi almashishini namoyish etdi (Toni Kroos o‘rniga Alvaro Morata o‘yinga qo‘shilgan vaziyat), u shuningdek, o‘yinga necha daqiqa qo‘shib berilganini ham ko‘rsatib turdi.

Shundan so‘ng Kasilya tabloda 12 raqamini tergan va «Real»ning  Chempionlar ligasida 12-marta g‘olib bo‘lganini ifodalagan.

Mavzuga oid