Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Londondagi terakt oqibatida qurbon bo‘lganlar va jarohatlanganlarning aniq soni ma'lum qilindi
Buyuk Britaniya poytaxti London shahrida 3 iyun, shanba kuni kechqurun yuz bergan teraktlarda olti kishi halok bo‘lgan, jarohatlanganlar soni 48 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Tez yordam xizmati xodimlari ma'lumot bergan.
«Biz birinchi tibbiy yordamlar ko‘rsatilgach, Londondagi 5ta shifoxonaga 48 kishini yetkazdik», — deyilgan ma'lumotnomada.
Bundan oldingi xabarlarda jarohatlanganlar soni 30 nafarga yaqinligi aytilgandi.
3 iyun kuni London ko‘prigida avtofurgon piyodalar ustiga yurgani haqidagi xabarlar mahalliy vaqt bilan soat 22:08 (Toshkent vaqti bilan 4 iyun, yakshanba kuni 02:08) da kelib tusha boshlagan. Avtomobil ichidan chiqqan 3 kishi odamlarga pichoq bilan hujum qilgan, keyin ular yana furgonga minib, Boro bozoriga yo‘l olishgan va u yerda ham pichoq bilan odamlarga tashlanishgan. Voqe joyiga yetib kelgan politsiyachilar ularni otib o‘ldirishgan.
Mavzuga oid
11:00 / 27.05.2025
Liverpulda mashina odamlarga qarata haydalgani terakt deb hisoblanmayapti
00:11 / 13.05.2025
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi
10:17 / 10.05.2025
London va Skandinaviya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi
10:40 / 05.05.2025