Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eyfel minorasi Londondagi terakt qurbonlari xotirasiga o‘z chiroqlarni o‘chiradi
Parijning eng diqqatga sazovor inshootlaridan biri - Eyfel minorasi dushanba kunga o‘tar kechasi Britaniya poytaxtidagi terakt qurbonlari xotirasiga o‘z chiroqlarini o‘chiradi. Bu haqida Parij meri Ann Idalgo xabar berdi.
"Eyfel minorasi Londondagi terakt qurbonlari xotirasiga bugun tunda 00:45da o‘z chiroqlarini o‘chiradi", - deb yozdi Idalgo o‘z Twitter'ida.
Shanba kuni kechqurun London markazida ikkita terrorchilik hujumi qayd etildi. Uch nafar erkak mikroavtobusda London ko‘prigidagi yo‘lovchilar ustiga bostirib kelgan, so‘ngra Boro bozoriga borib, u yerdagi yo‘lovchilarga ham pichoq bilan hujum qilgan.
Londondagi teraktlar natijasida 7 kishi halok bo‘lgan, 48 nafari jarohat olgan. Terrorchilarning bari politsiya tomonidan yo‘q qilingan.
Ta'kidlash joizki, bu 2,5 oy ichida Britaniyadagi uchinchi teraktdir.
Mavzuga oid
11:00 / 27.05.2025
Liverpulda mashina odamlarga qarata haydalgani terakt deb hisoblanmayapti
00:11 / 13.05.2025
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi
10:17 / 10.05.2025
London va Skandinaviya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi
10:40 / 05.05.2025