Kreml: Rossiya Fors ko‘rfazi mamlakatlari ichki ishiga aralashmaydi
Moskva Fors ko‘rfazi mamlakatlarining barchasi bilan yaxshi munosabatlarda bo‘lishdan manfaatdor, biroq mintaqaning ichki ishlariga aralashmaydi. RF matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
"Biz boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralasha olmaymiz, bu holatda Fors ko‘rfazi mamlakatlariga… Rossiya, shubhasiz, umuman Fors ko‘rfazi mamlakatlari bilan hamda arablarning ta'rifi bilaan aytganda, ko‘rfaz mamlakatlari bilan munosabatlarni qadrlaydi. Bilasizmi, investitsiya hamkorligi va savdo-iqtisodiy hamkorlik, o‘ziga xos sohalarda ham hamkorlik amalga oshirilmoqda", — degan Peskov jurnalistlarga.
"Biz ushbu yaxshi munosabatlarni qo‘llab-quvvatlashdan, Fors ko‘rfazida mavjud kelishmovchiliklar hal etiladigan barqaror va tinch muhit bo‘lishidan manfaatdormiz", - deb qo‘shimcha qilgan RF prezidenti matbuot kotibi.
Shu bilan birga, Peskov agar Qatar qiyin ahvolga tushib qolgudek bo‘lsa, Rossiya unga yordam bera oladimi va Qatarning qamal qilinishi OPeKning neft qazib olish bitimiga ta'sir ko‘rsatishi ehtimoli bormi, degan savolni noto‘g‘ri deb atadi. "Savolning birinchi qismiga javob bermayman, chunki uni noto‘g‘ri deb hisoblayman", — degan Peskov va boshqa savolga o‘tgan.
5 iyun, dushanba kuni arab dunyosining yirik davlatlari orasida diplomatik mojaro kelib chiqdi. Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Misr va BAA Qatar bilan diplomatik va konsullik munosabatlarni uzganini e'lon qildi. Keyinchalik, mintaqaning boshqa davlatlari ham ularga qo‘shila boshladi.
Mavzuga oid
17:46 / 10.11.2024
Qatar Isroil va Hamas o‘rtasidagi vositachilikni to‘xtatdi
23:01 / 06.11.2024
Qatar aholisi parlament saylovlaridan voz kechishga ovoz berdi
15:30 / 17.10.2024
YeI va Fors ko‘rfazi davlatlari Ukraina bo‘yicha bayonot berdi
17:35 / 16.10.2024