Jamiyat | 00:34 / 05.06.2017
14939
2 daqiqa o‘qiladi

Monakodagi auksionda Putinga tegishli soat sotuvga qo‘yiladi

Foto:DR

Iyulda Monakoda bo‘lib o‘tadigan auksionda dunyodagi eng murakkab modeldagi soatlardan biri bo‘lgan Patek Philippe 5208P sotuvga qo‘yiladi, deb xabar bermoqda Le Point nashri. Biroq bu soat noyobligi va murakkabligidan tashqari, uning sobiq egasi sifatida Vladimir Vladimirovich Putin ismli shaxsning ko‘rsatilgani bilan ham e'tiborga loyiqdir.

Ma'lumki, Rossiya prezidenti Vladimir Putin soatlarga juda ham qiziqadi. Frantsuz nashrining ma'lum qilishicha, soat 1 mln yevroga baholanmoqda.

Patek Philippe 5208P shveysar soati abadiy kalendar, xronograf va repiter bilan  jihozlangan.

Soatga ilova qilinayotgan hujjatlarda uning egasi sifatida Vladimir Vladimirovich Putin ismli shaxs ko‘rsatilgan. Bu shaxs Rossiya prezidentining adashi bo‘lishi yoki buning barchasi hazil tariqasida keltirilganining ehtimoli deyarli yo‘q. Nashrning ta'kidlashicha, ushbu soatlar o‘ziga qanday e'tiborni tortishi noma'lum, chunki uni sotuvga qo‘ygan shaxs haqida ismidan bo‘lak boshqa hech qanday ma'lumot mavjud emas.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid