Jahon | 21:21 / 05.06.2017
9216
1 daqiqa o‘qiladi

Peterburglik pochta orqali AQShga ikkita granata yubormoqchi bo‘ldi

Foto: RIA Novosti

Sankt-Peterburgda yashovchi fuqaro AQShga ikkita granata solingan jo‘natmani yuborgani fosh qilindi. Bu haqda 5 iyunda "Pochta Rossii" matbuot-xizmatida RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qilindi. Granatalar solingan quti Pulkovo aeroportida aniqlangan. 

Jo‘natma AQShga Parij orqali borishi kerak bo‘lgan. Pulkovo aeroporti xavfsizlik xizmati va "Pochta Rossii" xodimlari xalqaro jo‘natmalarni maxsus uskunalar yordamida tekshirish vaqtida qutida granatomyotning granatalariga o‘xshash ikkita metall buyumni aniqlashgan. 

Shundan keyin voqea joyiga sapyorlar chaqirtirilgan, ular granatalarni yo‘q qilish uchun ularni qutilardan chiqarib olishgan. Jo‘natma egasining ma'lumotlari jinoiy ish qo‘zg‘atish masalasini hal qilish maqsadida politsiyaga topshirilgan.

Mavzuga oid