Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya klubi hukumatning Qatar bilan diplomatik aloqalari uzilishi sabab mo‘may daromaddan voz kechdi
Saudiya Arabistoni sharafini himoya qiluvchi Jiddaning «Al-Ahli» klubi o‘zining reklama homiylaridan biri bilan shartnomani bekor qildi. Bu haqda klub rasmiy tvitterida bayonot berilgan.
Manbaga ko‘ra, klub Qatarning Qatar Airways aviakompaniyasi bilan reklama homiylik shartnomasini bekor qilgan. Bunga Saudiya Arabistoni hukumatining Qatar bilan diplomatik aloqalarni butunlay to‘xtatgani sabab bo‘lgan.
«Al-Ahli» klubi Saudiya Arabistoni Hukumati yo‘nalishiga asosan Qatar Airways bilan tuzgan reklama shartnomasini bekor qiladi», deyilad klub bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistonidan tashqari, Misr, Bahrayn va Birlashgan Arab Amirliklari mintaqani beqarorlashtirayotganlikda ayblab, Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzgan. Bu mamlakat hukumatlari Qatar terrorchilik guruhlarini, jumladan «Musulmon birodarlar»ni qo‘llab-quvvatlab kelayotganini ta'kidlagan. Rasmiy Ar-Riyod Qatar bilan havo chegaralarini ham yopgan va barcha yerusti, dengiz va havo qatnovlariga chek qo‘ygan.
Mavzuga oid
07:50 / 22.05.2025
Pentagon Qatar tomonidan Trampga sovg‘a qilingan samolyotni qabul qildi
11:45 / 15.05.2025
Tramp Qatarda nima qildi: milliardlik bitimlar, hashamat va AQSh prezidenti oilasining shaxsiy manfaatlari
11:30 / 12.05.2025
Tramp ma’muriyati Qatardan «uchar saroy» oladi
10:14 / 02.05.2025