Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple Londondagi teraktni tergov qilishda yordam ko‘rsatmoqda
Apple rahbari Tim Kuk uning kompaniyasi Londondagi teraktni tergov qilishda Buyuk Britaniya huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlik qilayotganini ma'lum qildi.
Kukning aytishicha, korporatsiya o‘z qurilmalaridagi ma'lumotlarni Britaniya hukumatiga taqdim qilmoqda. Kukning ta'kidlashicha, Apple agar hukumat qonunda ko‘zda tutilgan barcha jarayonlarga rioya qilgan bo‘lsagina, politsiyachilarga zarur ma'lumotlarni bermoqda.
"Men bunga taalluqli tafsilotlarni oshkor qilolmayman. Biroq bizda ma'lumotlar bo‘lganda va Britaniya hukumati qonunda belgilangan barcha jarayonlarni o‘tgan bo‘lsa, biz nafaqat ma'lumotni taqdim qilmoqdamiz, balki buni juda tez amalga oshirmoqdamiz", deb aytdi Kuk Bloomberg axborot agentligi.
Londondagi terakt 3 iyun kuni kechki vaqt sodir etilgan. Terakt oqibatida 7 kishi halok bo‘lgan, 50 ga yaqin kishi jarohat olgan.
Mavzuga oid
11:00 / 27.05.2025
Liverpulda mashina odamlarga qarata haydalgani terakt deb hisoblanmayapti
16:44 / 22.05.2025
Xitoyda o‘g‘irlangan iPhone «qabristoni» topildi
00:11 / 13.05.2025
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi
17:55 / 12.05.2025