Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada Ronalduga «Yuventus» darvozasiga urgan ikki goli uchun bepul qahva taklif qilishdi
Neapol shahridagi qahvaxonalardan biri Madridning «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduga YeChL finalida «Yuventus» darvozasiga urilgan ikkita gol uchun bepul qahva taklif qildi. Bu haqda Real Madrid Info xabar bergan.
«Yuventus» libosida ko‘chaga olib chiqib qo‘yilgan manekenga portugaliyalikka atalgan yozuvlar bo‘lgan qog‘oz osib qo‘yildi.
«Ronaldu, agarda bu yerga kirsang, bepul qahva ichishing mumkin», - deyiladi futbolchiga atalgan xabarda.
Coffee shop in Napoli: "Ronaldo if you pass by here your coffee is paid for. Only in Italy they can steal, in Europe they can't." pic.twitter.com/tkfZj7yMcb
— Real Madrid Info (@RMadridInfo) June 5, 2017
«Yuventus»ga bag‘ishlangan boshqa bir yozuvda esa shunday deyiladi: «Ular faqatgina Italiyada o‘g‘irlik qilishlari mumkin. Yevropada esa o‘xshamaydi».
Eslatib o‘tamiz, 3 iyun kuni Madridning «Real» YeChL finalida «Yuventus»ni tor-mor keltirdi hamda bu musobaqada qatorasiga ikkinchi bor zafar quchgan ilk klubga aylandi.
Mavzuga oid
15:10 / 01.05.2025
Ronaldu va Messi bir kunda yarimfinal o‘yinlarida yutqazdi
14:09 / 24.03.2025
Ronaldu noyob ko‘rsatkichga erishdi
15:28 / 30.01.2025
Ronaldu: «O‘g‘limga Mbappe yoqadi, u «Dada, Kilian sizdan yaxshiroq» dedi. Men esa «Kim ko‘proq gol urgan?» deb so‘radim»
11:06 / 14.12.2024