Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turanning jurnalist bilan janjali termadagi faoliyatini yakunlash bilan yakunlandi
«Barselona»ning turkiyalik yarim himoyachisi Arda Turan Turkiya termasi bilan Makedoniyaga qarshi o‘yindan keyingi parvoz vaqtida samolyotda janjal chiqardi.
Terma jamoa sardori jurnalist Bilol Mesheni haqoratlagan, keyin uni bo‘g‘gan. Turan ushbu jurnalist terma jamoa futbolchilarining 2016 yilgi Yevropa chempionatidagi ishtirok uchun berilgan mukofot pullari bo‘yicha yozgan materialiga shunday munosabat bildirgan, u jurnalistni yolg‘onchilikda ayblagan. Endilikda Meshe futbolchini sudga bermoqchi.
Ushbu janjaldan so‘ng futbolchi terma jamoadan vaqtinchalikka chetlatilgandi. Ko‘p o‘tmasdan Turan Turkiya terma jamoasida boshqa o‘ynamasligi haqida ma'lum qildi.
«Men terma jamoa libosida ko‘p xato qildim. Endi mening xalqaro maydondagi faoliyatim yakuniga yetdi», — degan Turan matbuot anjumanida.
Mavzuga oid
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
09:37 / 16.05.2025
«Barselona» - Ispaniya chempioni! Yamal «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar
21:21 / 11.05.2025