Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yunusobodda o‘z hovlisida nasha o‘stirgan shaxs aniqlandi
2017 yilning 4 iyun kuni, taxminan soat 16:00 larda, Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori 2017” tadbiri davomida, Yunusobod tumani hududida, Furqat Yusupovich Tulaganov uyi xovlisida qonunga xilof ravishda 15 tup “nasha” giyohvandlik vositasini ekib, yetishtirayotganligi aniqlangan. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni qonunga xilof ravishda ekish va yetishtirish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Mavzuga oid
22:06 / 13.05.2025
Toshkentdagi ko‘chalardan biri avtomobillar harakati uchun 2 kunga yopiladi
09:41 / 05.05.2025
«Yunusobod» bozorining bir qismida rekonstruksiya ishlari boshlandi
07:30 / 21.04.2025
Toshkentda ilk jamoatchilik yashil parki ochiladi
22:28 / 16.04.2025