Jamiyat | 16:42 / 07.06.2017
9869
11 daqiqa o‘qiladi

Chempionlar «Sochnaya dolina»ni tanlaydi yoki «Olmali» shoh va mot

Olmali sharbat va shaxmat o‘rtasida qanday umumiy jihatlar bor? Juda ko‘p, agarda gap «Sochnaya dolina» savdo markasining mazali (va tabiiy!) ichimligi haqida ketayotgan, intellektual o‘yindan esa ikki karra jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov vakil bo‘lsa.

Shaxmat bo‘yicha yosh iste'dod sohibi «Sochnaya dolina» SMning qulay «bolalarcha» shakli – 0,2 litrda chiqariluvchi sharbatlari va nektarlarining yangi reklama kampaniyasi yuziga aylandi. Nodirbek ishtirok etgan 40 soniyalik rolik, hamda uning ishtirokidagi ajoyib poster «Aqlli bolalar uchun sharbat» shiori bilan birlashtirilgan. Bunday birlashtirish tasodifiy emas: yuz foizli olmali sharbat – reklama kampaniyasining yana bir «qahramoni» - IQ’ni oshiruvchi haqiqatdan ham mo‘'jizakor xususiyatlarga ega. Hamma gap – foydali vitaminlar va mineral birikmalarning (temir, magniy, fosfor) ko‘p miqdordaligida. Bekorga shifokorlar bolalarga har kuni kamida bir stakan olma sharbatini ichishni tavsiya etishmaydi. «Sochnaya dolina» SMdan «aqlli» ichimlik shakar va konservantlarga ega emas, hamda tabiiy shirinlik bilan xursand qiladi. Darvoqe, mahsulot o‘rami ham «aqlli»: sharbatni bunday ixcham shaklda o‘zi bilan mashg‘ulotlar, do‘stlar bilan sayr va hattoki – shaxmat bo‘yicha musobaqaga olib ketish mumkin! Bu rolik yorqin, jo‘shqinlik ila ko‘rsatilgan, uning har bir kadri – yosh jahon chempionati hayotidan o‘ziga xos lavhadir.

...Mana Nodirbek uyg‘onib, ertalabki badantarbiya bilan shug‘ullanib, maktabga ketishga hozirlik ko‘rmoqda. Onasi o‘g‘lining ryukzagiga olma sharbati qutisini solib qo‘yadi. Bunday shirin «qo‘llab-quvvatlov» kerak bo‘ladi, sababi oldinda – o‘qish, do‘stlar bilan muloqot, mashg‘ulotlarga to‘la kun turibdi.

– O‘g‘lim «Sochnaya dolina» sharbatlari va nektarlarini haqiqatdan ham juda sevadi, ayniqsa olma va olcha mazalisini, – deya jilmayadi 12 yoshli super iste'dod sohibining onasi Marziya Ochilova. – Sharbatlar bolalar sog‘lig‘i uchun foydali ekanini bilaman, shuning uchun har doim ularni sotib olaman. Umuman, o‘z farzandlarimni to‘g‘ri rivojlanishi uchun barcha sharoitlarni yaratishga intilaman, sababi ular uchun shaxmat – oddiy o‘yin emas, balki hayot tarzidir. Bu sportning intellektual turi: doimiy mashqlarsiz, tartib-intizomsiz, irodasiz bu yerda hech narsaga erishib va g‘alaba qozonib bo‘lmaydi!

Nodirbek buni hammadan yaxshi biladi. Noodatiy donalarga ega qora-oq taxtaga qiziqish unda uch yoshida paydo bo‘lgan. Bolakay shaxmat to‘garagiga qatnagan katta akasi va opasi qanday qilib o‘ynashlarini qiziqib kuzatib borgan. Shaxmat ishqibozi bo‘lgan ota ham ko‘p bora uy musobaqalarini tashkil etgan. Bo‘lajak chempion shu tarzda qadimiy o‘yin sirlarini o‘rganib bordi, keyinchalik esa «Vunderkind» klubida shug‘ullana boshladi.

Nodirbekning yulduzi shiddat bilan yuksalib bordi. 5 yoshida Toshkent shahri chempioni, 6 yoshida esa – respublika chempioni bo‘ldi. Har bir yangi g‘alaba bilan o‘z kuchiga ishonch ham ortib, oldindagi maqsadlar va kelajak uchun rejalari aniqroq ko‘rina boshlandi. Bolakay xalqaro munosabatlarda qatnashish va grossmeyster bo‘lishga qat'iy ahd qildi.

…Kadrning almashishi. Nodirbek – shaxmat taxtasi ustida. Diqqatni bir joyga jamlagan. Uning oldida shunchaki donalar emas – kichik armiya, o‘zi esa – uning qo‘mondoni. O‘ylamoqda, tahlil qilmoqda, har bir qadamni sinchiklab o‘rganmoqda.

2012 yilda bola 8 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi jahon birinchiligida (Maribor, Sloveniya) chempion bo‘lib, ilk xalqaro shaxmat unvonini oldi – FIDe ustasi. Keyinchalik 10 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi shunday musobaqada «kumushni» qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi Osiyo chempionatida birinchi o‘rin (2011 yil, Hindiston), xalqaro bolalar musobaqasida oltin (2011 yil, Rossiya) va boshqa g‘alabalar qo‘lga kiritildi. 2016 yilda shaxmat vunderkindi xalqaro usta uchun talab etiluvchi barcha saralash talablarini bajardi, hamda bu yuqori unvon unga FIDe prezidentlik kengashi tomonidan topshirildi. Bir yil avval Nodirbek Sochida maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallab, g‘alabalari sonini yana bittaga oshirib oldi. Shu tariqa, N.Abdusattorov 12 yoshiga kelib ikki karra jahon chempioni, xalqaro toifadagi usta bo‘ldi va ayni damda 14 yoshgacha bo‘lgan sayyoraning eng yaxshi shaxmatchilari reytingida ikkinchi o‘rinni band etgan.


– Nodirbekda eng yosh xalqaro grossmeysterlardan biriga aylanish va oliy shaxmat unvonini 12 yarim yoshida qo‘lga kiritgan rossiyalik shaxmatchi Sergey Karyakinning rekordini qaytarish uchun barcha imkoniyatlar bor, – deb hisoblaydi yosh chempionning ustozi, xalqaro grossmeyster, FIDe murabbiyi Dmitriy Kayumov. – Buning uchun uchta grossmeysterlik ballini qo‘lga kiritish lozim, shogirdimda ulardan bittasi hozirning o‘zida bor. Uni Nodirbek o‘tgan yili Sankt-Peterburgda Chigorin xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro shaxmat turnirida oldi. Oldinda – grossmeysterlik normasini bajarish mumkin bo‘lgan yana bir necha musobaqalar bor. Men 40 yildan ortiq vaqt davomida murabbiy sifatida ishlamoqdaman, biroq bunday iste'dodli o‘quvchini uchratmaganman. U haqiqiy jangchi – mehnatsevar, aniq bir maqsadga bor e'tiborini qaratgan, juda yaxshi xotiraga ega va raqiblaridan qo‘rqmaydi.

Nodirbek barcha muvaffaqiyatlariga qaramay, qolgan hammasida – oddiy 12 yoshli boladir. Poytaxtdagi 152-maktabning yettinchi sinfiga o‘tdi, uyda yordamlashishni, futbol va badminton o‘ynashni, mutolaa qilishni yoqtiradi. O‘zi ingliz tilini o‘rganishni boshladi, bu tilni bilmaslik xorijiy safarlarda murakkablik tug‘diradi. «O‘g‘lim mehribon, kamtarin, biroq shaxmat taxtasi yoniga o‘tirganida, umuman boshqacha bo‘ladi, – deya ta'kidlaydi uning onasi Marziya. – Unda sport g‘azabi uyg‘onadi, raqiblariga imkoniyat bermaydi. Mag‘lubiyatlarni to‘g‘ri qabul qilishi kishini xursand qiladi: xatolarni topish va tahlil qilishga urinadi, bu kelajakda ularni yana takrorlamaslikda foyda beradi. Har bir yangi g‘alaba – o‘z ustida shunday tinimsiz ishlash natijasidir».

…Bola Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar shaxmat maktabidagi mashg‘ulotlarga oshiqmoqda. Butun dunyodagi «ko‘cha» shaxmatining eng mashhur varianti bo‘lgan ochiq osmon ostidagi qora-oq maydonchadagi katta donalarni o‘zgartiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan shaxmat akademiyasi 2015 yilda ochildi. Bugungi kunda bu yerda tajribali grossmeysterlar qo‘l ostida 5-17 yoshda bo‘lgan qariyb 200 nafar bolalar va o‘smirlar shug‘ullanmoqda. Jahon va Osiyo chempionlariga maxsus stipendiya to‘lanadi (Nodirbek ham uni oladi). O‘quv-mashg‘ulot xonalari, elektron shaxmat taxtalari, sportzal, oshxona – bolalar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Respublika maktabida xalqaro maydonlarda mamlakat sharafini munosib himoya qiluvchi chempionlar avlodi tarbiyalanmoqda.

2017 yilning fevralida bu yosh iste'dod sohiblari kattalar – taniqli blogerlar, jurnalistlar va shaxmatning boshqa ixlosmandlarini poytaxtdagi Book café’da «Chempionlar shaharga qarshi» musobaqasida tor-mor keltirishdi. Nodirbek Abdusattorov birdaniga beshta taxtada bir vaqtda o‘ynash bo‘yicha seans o‘tkazdi, hamda albatta, g‘alaba qozondi. Xotirjam, ishonch bilan va o‘z uslubida.

Bu noodatiy bellashuvda shaxmat vunderkindining InterSok kompaniyasi vakillari bilan tanishuvi ro‘y berdi. Nodirbek nafaqat shirin sovg‘alar oldi, balki hamkorlik haqida taklifni ham qo‘lga kiritdi. Kompaniya bolaning Aeroflot Open-2017 (Rossiya), Shardja Masters-2017 (BAA) xalqaro shaxmat turnirlariga uchib borishida ko‘mak berib, parvozga, uning va bolaga hamrohlik qiluvchi kishining istiqomat qilishiga pul to‘lab berib, homiylik ko‘magini taqdim etdi. Oldinda yana bir musobaqa – Sankt-Peterburgdagi Chigorin nomidagi memorial bor. Bunday bahslarda ishtirok etish reytingni, tajribani oshirishda va haqiqiy sport xarakterini yaratishda qo‘l keladi. Nodirbek ishtirokidagi «Sochnaya» reklama kampaniyasi – haqiqiy iste'dod har doim ko‘mak topishidan dalolat beruvchi illyustratsiyadir.

Yosh iste'dod sohiblariga yordam ko‘rsatish – InterSok kompaniyasining yaxshi an'anasi. U O‘zbekiston Respublikasi Shaxmat Federatsiyasining eksklyuziv homiysi sanalgan mamlakatda sharbatlar va nektarlar yagona ishlab chiqaruvchisidir. Joriy yilda Toshkentda InterSok qo‘llab-quvvatlovi bilan Tashkent Open Georgiy Agzamov Xalqaro XI xotira turniri, 8-18 yoshdagi sportchilar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Barcha qatnashchilar «Sochnaya dolina» SMdan sharbat va nektarlarni sovg‘a tariqasida olishdi. Shuningdek, kompaniya FIDening Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi (15-25 iyun kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi) hududiy chempionatiga homiylik qiladi.

InterSok chempionlarni rivojlanishiga yordamlashib, mamlakatda bo‘lajak sport elitasini tashkil topishiga o‘z hissasini qo‘shadi va orzular amalga oshishiga yordam beradi. Nodirbek Abdusattorovning ajoyib tabassumi – bunday qo‘llab-quvvatlovning yorqin isboti!  

Reklama huquqi asosida.

Mavzuga oid