Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
France Football Messini YeChL ramziy terma jamoasiga kiritmadi
France Football nashri 2016/17 yilgi Chempionlar ligasining ramziy terma jamoasini tuzdi. Bu tarkibda «Barselona» hujumchisi Lionel Messi va mavsum kashfiyoti, «Monako» hujumchisi Kilian Mbappega joy topilmagan. Holbuki argentinalik hujumchi 11 gol urib, turnirning ikkinchi to‘purari bo‘lgandi, fransiyalik yosh hujumchi esa debyut mavsumidayoq 5ta gol urib, e'tiborga tushdi.
France Football talqiniga ko‘ra turnirning eng yaxshi futbolchilari quyidagilar bo‘lishgan: Janluiji Buffon, Dani Alves, Leonardo Bonuchchi (barchasi — «Yuventus»), Serxio Ramos, Marselo, Luka Modrich (barchasi — «Real»), Fabino, Toma Lemar (ikkisi — «Monako»), Paulo Dibala («Yuventus»), Neymar («Barselona»), Krishtianu Ronaldu («Real»).
Zaxira: Mark-Andre ter Shtegen («Barselona»), Jorjo Kellini («Yuventus»), Benjamen Mendi («Monako»), Sami Xedira, Mario Mandjukich (ikkisi — «Yuventus»), Kilian Mbappe («Monako»), Lionel Messi («Barselona»), Karim Benzema («Real»).
Mavzuga oid
10:50 / 01.11.2024
France Football bosh muharriri Vinisius nega «Oltin to‘p» yutmaganini tushuntirdi
04:56 / 05.09.2024
Messi bu safar «Oltin to‘p» olmaydi: u va Krishtianu top-30 nomzodlar ichida emas. Undan kimlar o‘rin olgan?
02:50 / 07.09.2023
«Oltin to‘p»ga nomzodlar e’lon qilindi. Ronaldu 20 yil ichida ilk marta ro‘yxatga kiritilmadi
10:26 / 12.08.2023