Sport | 14:50 / 07.06.2017
13000
2 daqiqa o‘qiladi

Grizmann terma jamoa yig‘inida Varanni YeChL g‘olibligi bilan tabriklashdan bosh tortdi

«Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmanni Fransiya terma jamoasi va «Real» himoyachisi Rafael Varanni Yevropa chempionlar ligasidagi g‘alabasi bilan tabriklashdan bosh tortgani uchun tanqid ostiga olishdi.

Goal.com manbasi bergan xabarga ko‘ra, Grizmann Fransiya terma jamoasi yig‘inlari chog‘ida Varanning qo‘lini siqib tabriklab qo‘yishni istamagan.

Terma jamoa bosh murabbiyi Dide Desham futbolchilarni stol atrofiga to‘plagan: «Endi Rafa bilan birga butun boshli tarkib to‘liq bo‘ldi. Uchinchi marta bunday nufuzli turnirda g‘alaba qozonganing bilan tabriklaymiz», deya gapirgan. Shundan so‘ng futbolchilar olqishlar buni qarshi olgan, biroq Grizmann ularga qo‘shilmagan.

Eslatib o‘tamiz, YeChL yarim finalida «Atletiko» «Real»ga ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, 2:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.

Mavzuga oid