Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kriptovalyutalar bozori kapitallashuvi 100 mlrd dollardan oshdi
Kriptovalyutalar (virtual pul) bozorining kapitallashuvi 5 iyundan 6 iyunga o‘tar kechasi 100 mlrd dollardan oshdi. Bu raqam eng cho‘qqiga chiqqan vaqtda 101,913 mlrd dollarni qayd etgan. Bu Amerikaning ko‘plab yirik kompaniyalari kapitallashuvi bilan barobardir.
Xususan, Bitcoin kursi 2999,91 dollargacha ko‘tarildi, deb xabar qilmoqda forklog Coinmarketcap ko‘rsatkichlariga asoslangan holda. Shunday qilib, kriptovalyutalarning 100 mlrd dollaridan 46 mlrdi aynan bitkoin virtual puliga to‘g‘ri keladi.
Bu o‘sishga osiyo bozorlaridagi faollik turtki bergan. Jumladan, Yaponiyaning BitFler, Koreyaning Bithum va Xitoyning OKCoin Huobi birjalari bitkoin uchun asosiy taklifni shakllantiradi. Ushbu savdo maydonlaridagi narxlar esa Amerika va Yevropa bozorlaridagi qaraganda ancha yuqoridir.
Masalan, OKCoin birjasida bitkoin 2940 dollardan sotilayotgan bo‘lsa, Bitstamp birjasida uning qiymati 2820 dollar atrofida.
Aytish joizki, may oyi oxirida kriptovalyutalar bozori kapitallashuvi keskin o‘sishni qayd etgan edi. Biroq, keyinchalik, ikki kun ichida 30 mlrd dollarni yo‘qotdi. Umuman, bitkoin yil boshidan 150 foizga qimmatlashdi. 25 may kuni kriptovalyuta bir kun ichida 2500, 2600 va 2700 dollargacha ko‘tarilgan va o‘z tarixida birinchi marta 2800 dollarga yaqinlashgan edi.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
20:26 / 15.05.2025
Kriptofiribgarlar Telegram orqali 27 mlrd dollar pul yuvgani ma’lum bo‘ldi
17:12 / 14.03.2025
Rossiya Xitoy va Hindiston bilan neft savdosida kriptovalutadan foydalanayotgani ma’lum bo‘ldi
19:31 / 30.12.2024